"So‘gdiyona" yangi transferni e’lon qildi

  • 14.01.2026 20:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsum arafasida yuksak marralarni ko‘zlayotgan “So‘gdiyona”  tarkibni kuchaytirishda davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziev bilan shartnoma imzolagan va rasmiy e’lon qilindi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.

Faoliyati davomida Otabek “Paxtakor”, “Olimpik” va “Andijon” klublari sharafini himoya qilgan. Tajribali hujumchi shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi sifatida ham maydonga tushib kelmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!