
Son: Bu hayotimdagi eng yaxshi kun
Xabaringiz bor, Evropa ligasi finalida "Tottenhem" "Manchester Yunayted"ni kichik hisobda mag‘lub etib, 62 yildan so‘ng yirik xalqaro sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan keyin klub safida uzoq yillardan beri harakat qilib kelayotgan Son Xyn Min o‘z fikrlarini bildirdi.
“Biz chempionlikni anchadan buyon kutamiz. Bu sovrin bizning tinimsiz mehnatimiz natijasi hisoblanadi. Bu hayotimdagi eng yaxshi kun”- dedi hujumchi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi sardori bundan 10 yil oldin "Bayer"dan "shporlar" tarkibiga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘zining professional faoliyatidagi birinchi sovrinini yutdi.
Fikrlar