Son nega MLS klubini tanlaganini aytdi!

  • 7 avgust, 04:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Xyon Min AQShning "Los-Anjeles" klubiga o‘tdi. Londonliklarning sobiq futbolchisi nega aynan bu klubni tanlagani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Men "Los-Anjeles" kabi katta maqsadlarga ega klubga qo‘shilganimdan juda faxrlanaman. Bu dunyoning eng mashhur sport shaharlaridan biri.

Bu erda chempionlik an’analari mavjud va men yangi tarix yozish uchun keldim. MLSdagi yangi chaqiriqni intiqlik bilan kutyapman. Men bu klub, shahar va muxlislar uchun borimni berib, sovrinlar yutish uchun keldim", — deya ta’rif berib o‘tdi koreyalik yulduz.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi "Tottenxem" safini tark etib, MLS klubi bilan 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, shartnomani avval 2028, so‘ng 2029 yilning o‘rtasigacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!