Son "Tottenxem"ga qaytadi

  • 03.12.2025 20:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Los-Anjeles" hujumchisi Son Xyon Min "Tottenxem"ni tark etganidan keyin ilk bor "shporlar" stadioniga qaytib, Chempionlar ligasi doirasida Praganing "Slaviya" klubiga qarshi o‘yinda klub muxlislari bilan xayrlashadi. Bu haqda "Tottenxem" matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuv 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkentda soat 1:00 da boshlanadi.

"Yozda "Tottenxem"ni tark etishim haqidagi qiyin qarorimni e’lon qilganimda, men Koreyada edim, stadionda muxlislar bilan yaxshiroq xayrlashish imkoniyati yo‘q edi. Endi juda baxtiyorman, chunki 9 dekabr kuni Londonga Chempionlar Ligasi o‘yiniga qaytaman va "Tottenxem" muxlislariga 10 yil davomida ularning qo‘llab-quvvatlashi va sevgisi men bilan oilam uchun qanchalik muhim bo‘lganini shaxsan aytib bera olaman. Bu hayajonli bo‘ladi, ammo men va klub uchun bu sodir bo‘lishi muhim", - deya Son Xyon Minning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli janubiy koreyalik hujumchi avgust oyi boshida "Tottenxem"dan 26 mln dollar evaziga "Los-Anjeles"ga o‘tgan edi. U bungacha "Seul', "Gamburg" va "Bayer" klublarida to‘p surgan, 2015 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. "Shporlar" safida Son 454 ta o‘yin o‘tkazib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatmani amalga oshirib, 2024/2025-yilgi mavsumda Evropa Ligasi g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!