Sonning transferi rekord bo‘ldi

  • 7 avgust, 01:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" rasman Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Xyon Minning klubni tark etishini e’lon qildi. Hujumkor yarim himoyachi faoliyatini AQShning "Los-Anjeles" jamoasida davom ettiradi.

Tecno

"BBC" nashrining xabar berishicha, MLS klubi 33 yoshli futbolchi uchun 26 million dollar to‘ladi — bu liga tarixidagi eng qimmat transferlardan biri bo‘ldi.

Son "Tottenxem" safida 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol urdi va jamoa tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

2024/25 mavsumida u APLda 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!