Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Soxta bokschi ringda vafot etdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Shifokorlar hayotini saqlab qola olmadi.

Bolgariyalik bokschi Boris Stanchov soxta hujjatlardan foydalangan holda ringga tushib, vafot etdi, deb xabar beradi Mirror.

U o‘zining qarindoshi ,professional bokschi Isus Velichkov sifatida  soxta hujjat tayyorlagan. Aslida, Stanchovning o‘zi ilgari hech qachon professional ringga chiqmagan edi.

Albaniyadagi turnirda Ardit Murjiga qarshi jangda Stanchov beshinchi raundda hushidan ketdi. Uning yurak xuruji bor bo‘lgan. Uni darhol kasalxonaga olib borishdi, ammo shifokorlar hayotini saqlab qola olmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q