
Spaletti: Raqib bizdan ancha kuchli edi
Luchano Spaletti Italiyaning "Evro-2024" doirasidagi Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi.
"Farq dadillikda edi. Ular bizdan ko‘ra dadilroq edi. Biz ko‘p epizodlarda epizodlarni o‘qishga kechikdik. Muammoning ildizi hamisha bir. Biz reaktsiya bo‘yicha kerakli darajadadan past o‘ynadik. Raqib ancha tetik va qaror qabul qilishda tezligi bilan bizga muammo tug‘dirdi.
Uch-to‘rt nafar yangi futbolchi maydonga tushgach, oldinda tez-tez to‘pni qaytarib olib, golli vaziyatlar yaratdik. Biroq raqib bizdan ancha kuchli edi. Ular g‘alabaga loyiq", - dedi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar