Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Stanislav Cherchesov: "Menimcha u noto‘g‘ri qaror qilmadi"

Izohlar: 0

Qozog‘iston terma jamoasi murabbiyi Artyom Dzyuba haqida fikr bildirdi

Ayni paytda Qozog‘iston milliy terma damoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Artyom Dzyubaning "Akron"ga o‘tganini yuqori baholadi.

“Men bu jamoani anchadan beri kuzatib kelaman. Ayniqsa, hamyurtimiz Zaur Tedeev murabbiylik qilayotganidan beri. "Lokomotiv" bilan birinchi o‘yinda bo‘lgan edim. O‘shanda shunday xulosaga kelgandimki, bu jamoa o‘z ambitsiyalari bilan hayratga solishi mumkin.

Bu klub Artyomga mos keladi. Chunki "Akron" futbol o‘ynaydi. Shunday ekan, u gol urish va o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, Artyom bu yosh jamoaning rivojlanishiga yordam berishi mumkin. O‘ylaymanki, futbolchi ham, klub ham bir-birini topib oldi. Maqsadlariga erishishlarini tilab qolamiz” , - dedi Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q