Stefanos Tsitsipas beshinchi sovrinini yutib oldi
Zohir2018
Grek og‘lonini buyuk kelajan kutyotganga o‘xshaydi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas Marsel shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirning bosh sovrinini o‘zi bilan olib ketdi.
Stefanos mazkur musobaqa finalida kanadalik Feliks Oje ustidan qiyinchiliksiz 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Open 13" turnirida g‘olib chiqqan S.Tsitsipas faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba unga 116,030 evro pul mukofoti va 250 reyting ochkosini olib keldi.

Izohlar (0)