Asosiy mazmunga oʻtish

Stefanos Tsitsipas yarim finalda o‘ynaydi

Zohir2018
Izohlar: 0

Grek o‘g‘loni to‘xtashni istamayapti

Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas va germaniyalik Yan-Lennard Shtruff Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.

Unda grek o‘g‘loni raqibini uch setda 4:6, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Shu tariqa, "Dubai Duty Free Tennis Championships"ning navbatdagi bosqichida Tsitsipas britaniyalik Deniel Evans bilan raqobatlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q