Sten Vavrinka Doxada chorak finalga chiqdi
Zohir2018
Uning navbatdagi raqibi anoyi emas
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "Qatar ExxonMobil Open" turnirining chorak finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sten turnirning ikkinchi davrasida frantsiyalik Jeremi Shardini osonlik bilan 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Doxada o‘tayotgan musobaqaning yarim final ostonasida Vavrinka sloveniyalik Alyaj Bedenga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)