
Sten Vavrinka Shanxayga bormaydi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "Masters" turkumiga kiruvchi Shanxay shahrida o‘tadigan tennis turnirida ishtirok etmaydi.
Uning bunday qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Shu tariqa Sten o‘rniga asosiy to‘rda serbiyalik tennischi Miomir Kechmanovich qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Vavrinka Sankt-Peterburg va Tokio shaharlarida o‘tadigan "Masters" musobaqalaridan ham voz kechgan edi.
Fikrlar