Subimendi "o‘zidan ketyapti"
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoa mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan. Bu haqda "Sky Sports Football" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi jamoadan alohida o‘zi boshqa joyda yakka tartibda mashg‘ulot qilgan. Martin tomonidan bu kabi holatlar mavsum davomida ko‘p kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar yozda Subimendini "Real Sosedadan" 70 million evroga sotib olgan edi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar