
Superfutbolchi “Real”ni tanladi
O‘tgan mavsumda “Bayer”ni o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Florian Virts yozgi transferlar davrida grand klublarga ko‘chib o‘tish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.
21 yoshli hujumkor futbolchini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘lgan qudratli klublar juda ko‘p. Shu bois, Virts qiyin tanlovni amalga oshirishi kerak.
Bild nashrining yozishicha, Bundesliga yulduziga “Bavariya, “Manchester Siti” va “Real” jiddiy da’vogarlik qilmoqda.
Florianning o‘zi Madridga ko‘chib o‘tishga moyillik bildiryapti. Ayniqsa, Virtsning hozirgi jamoasidagi ustozi Xabi Alonso yozda “Real” bosh murabbiyligini qabul qilib olishi kutilyapti. Bu omil ham o‘yinchining tanloviga katta ta’sir o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Florian Virts “Real”da o‘ynasa, nufuzli sovrinlar, xususan, Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyati ko‘proq bo‘lishiga ishonmoqda.
Fikrlar