Superhujumchi "Barsa"ga o'tmaydi
«Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines yozda jamoasini tark etmaydi.
So‘nggi kunlarda «Barselona» «neradzurri» sardorini o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgani haqida xabarlar tarqalgan, hatto argentinalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishilgani aytilgan edi.
Biroq mashhur jurnalist Gaston Edul ma’lumotiga ko‘ra, Lautaroni Kataloniyada kutishga hozircha asos yo‘q. «Sine-granatlilar» haqiqatan ham Martines nomzodiga qiziqmoqda, ammo ular tomonidan hech qanday rasmiy taklif yuborilmagan.
Lautaro Martinesning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 85 million yevro atrofida baholagan. Bugun esa argentinalik forvard 29 yoshini nishonlamoqda.
«Barselona» uchun uzoq vaqtdan buyon asosiy transfer maqsadlaridan biri Xulian Al’vares bo‘lib kelaotgandi. Biroq «Atletiko» rahbariyati o‘z yulduzini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi klubga sotish niyati yo‘qligini qat’iy bildirgan.

Fikrlar