Superklub “Barsa” o‘yinchisini ko‘zlayapti
Katta transfer
“Bavariya” tarkibini “Barselona” futbolchisi Ronald Arauxo bilan kuchaytirishni mo‘ljallayapti. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.
Urugvaylik himoyachiga myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel shaxsan qiziqish bilirmoqda.
Shunga qaramay, “Barselona” rahbariyati bu futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmaydi.
Arauxo kataloniyaliklar jamoasida 2020 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Izohlar (0)