Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklub Bastoniga ko‘z tikdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Katta pul berishmoqchi

«Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni yaqin vaqtlarda Angliya premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.

Italiya nashri Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga Londonning «Chelsi» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

«Aristokratlar» qishki transfer oynasida himoyachini 80 million yevro evaziga olib kelish imkoniyatini o‘rganmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu transfer tashabbuskori jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso hisoblanadi.

Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalar hisobga olingan holda to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib turmadi.

Himoyachining amaldagi shartnomasi «Inter» bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari italyanlik futbolchining bozor qiymatini 65 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q