Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklub darvozabonidan voz kechdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga yaxshi xaridor bor

Londonning «Chelsi» jamoasi darvozaboni Gabriel Slonina yozgi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqida «Lequipe» nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotlariga koʻra, yosh darvozabon uchun Fransiya chempionatida oʻynash imkoniyati paydo boʻlgan. Unga «Strasburg» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ugu Oliveira Sloninani jamoaga taklif etish tashabbusini shaxsan qoʻllab-quvvatlayotgani aytilmoqda.

Gabriel hozirgi paytda «Chelsi» bilan 2028 yilgacha moʻljallangan shartnoma asosida bogʻlangan. Mutaxassislar uning transfer qiymatini taxminan uch million yevro atrofida baholashmoqda.

Oʻtgan mavsumda Slonina «Chelsi» yoshlar jamoasi safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, toʻrtta gol oʻtkazib yuborgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q