Superklub ikki yulduzdan voz kechdi

  • 11.09.2025 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida bir necha yildan beri bosh sovrin uchun kurashib kelayotgan “Arsenal” tarkibni tartibga solish va kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mikel Arteta qishki transferlar davrida jamoaning mashhur ikki hujumchisidan voz kechishga qaror qildi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik Gabriel Jezus va belgiyalik Leandro Trossar yanvar oyida o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi.

Bu o‘yinchilar Mikel Artetaning o‘yin sxemalariga kiritilmadi, asosiy tarkibdagi joyini boy berdi va shu sababdan qishda transferga qo‘yiladi.

Jezus va Trossarning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Agar yanvarda ularni to‘liq transfer qiladigan xaridor chiqmasa, futbolchilar ijaraga jo‘natiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!