
Superklub Mbappe uchun kurashdan chiqdi
“Pari Sen-Jermen” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yanvar oyida istalgan klub bilan muzokara olib borish huquqiga ega.
eEvropa matbuoti frantsiyalik forvardga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirayotgani va Yurgen Klopp uni jamoada ko‘rishni istayotgani haqida bong urgan edi.
Biroq endi ma’lum bo‘lishicha, liverpulliklarning fikri o‘zgargan. “Liverpul” rahbariyatining Mbappe uchun kurashdan chiqishiga klubning moliyaviy holati sabab bo‘lgani aytilmoqda. Birinchidan, o‘ta qimmat futbolchini transfer qilish klub siyosatiga zid. Qolaversa, klub qimmatbaho o‘yinchi transferi bilan bog‘liq xarajatlarni ko‘tara olmaydi.
Ayni paytda Kilian Mbappeni o‘ynatishga qodir ikki jamoa qolmoqda. Bular forvardning hozirgi jamoasi PSJ va 25 yoshli hujumchi oldiga qator shartlar qo‘yayotgan “Real”.
Fikrlar