Superklub to‘rt forvardni nishonga oldi
“Milan” yana yangi hujumchi izlashni boshladi. O‘tgan qishda klub 32 mln evro evaziga Santyago Ximenesni sotib olgandi, ammo uning o‘yinidan qoniqish yo‘q.
Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, klubning short-listiga quyidagilar kiritilgan:
Jonatan Burkardt (“Ayntraxt”);
Joshua Zirkzee (“Manchester Yunayted”);
Artyom Dovbik (“Roma”);
Xoakin Panichelli (“Strasburg”).
Bugungi kunda “Milan” hujumida Rafael Leau, Santyago Ximenes va Kristofer Nkunku singari mashhur forvardlar to‘p tepmoqda. Biroq hozircha ular orasida faqatgina Leau raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritgan xolos.
Fikrlar