Superklub Vinisiusdan voz kechdi
Bularga bunaqa oʻyinchi kerak emas
«Real» va hujumchi Vinisius Juniyor oʻrtasidagi shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar kutilmaganda toʻxtab qoldi. Oxirgi soatlarda esa braziliyalik yulduzning «Arsenal» safiga oʻtishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. London klubi bu variantni jiddiy oʻrganayotgani aytilmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobs maʼlumotiga koʻra, Vinisius Juniyor xizmatlari «Liverpul» klubiga ham taklif etilgan. Biroq mersisayd jamoasi bu tashabbusga qiziqish bildirmagan va muzokaralarga qoʻshilmagan. «Qizillar» hozircha eʼtiborini oʻng qanot hujum chizigʻini kuchaytirishga qaratgan.
Manbalarga koʻra, Vinisiusni qoʻlga kiritish uchun Saudiya Arabistoni klublari, jumladan «Al-Ahli» ham harakat qilishi mumkin.
26 yoshli Vinisius Juniyorning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 140 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)