Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklub: Yo shu maoshga ko‘n, yoki jamoadan ket!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Talab qat’iy

“Bavariya”ning mashhur futbolchilaridan biri Leroy Sane tez orada kelajagi bo‘yicha muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

29 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Leroy Sane yaqinda agentini o‘zgartirdi. Yangi agentga klub bilan muzokaralarda yangi shartnoma bo‘yicha o‘yinchining maoshini oshirishga erishish vazifasi qo‘yildi.

Nemis futbolchisining bu qadami klub rahbariyatini jumbushga keltirdi.  

Sport1 nashrining yozishicha, sport bo‘limi rahbari Maks Eberl Sanega avval taklif qilingan maoshga ko‘nishni tavsiya qilgan. Agar o‘yinchi tez orada berilgan bitimni imzolamasa, yozda o‘ziga boshqa klub topishiga to‘g‘ri kelishi uqtirildi.

Shunga qaramay, mashhur futbol agenti Pini Zaxavi yangi mijoziga shartnoma shartlarini qulayroq shakllantirishga urinmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, muzokaralar salbiy tomonga og‘moqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q