Superklubda og‘ir yo‘qotish

  • 17.10.2025 15:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska mavsumning qizg‘in pallasi boshlanayotgan pallada jamoaning etakchi o‘yinchilaridan hisoblangan Koul Palmer xizmatidan uzoq muddat foydalana olmasligini ma’lum qildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar angliyalik yarim himoyachining davolanish muddati kamida yana olti haftaga cho‘zilishini ko‘rsatdi.

-  Men Koul Palmer safga noyabr oyida qaytadi, deb adashgan ekanman. Afsuski, uning davolanish muddatiga kamida yana bir oy qo‘shildi. Jarohatini tuzatish uchun operatsiya qildirishi shart emas.

Biz Koulni imkon boricha himoya qilishga urinyapmiz. Biroq tibbiy bo‘limdagi xodimlarimiz ham sehrgar emas. Koul Palmer unga beriladigan vaqt davomida salomatligini to‘liq tiklab olishiga umid qilamiz, - dedi Entso Mareska.

24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!