Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Superliga. Bugun 22-tur yakunlanadi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Bugun turning soʻnggi bahsi oʻtkaziladi.

Superliganing 22-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bugun turning so‘nggi bahsi o‘tkaziladi.

Turnir jadvalining quyi pog‘onalaridan birini egallab turgan "Xorazm" o‘z maydonida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda musobaqa peshqadami "Neftchi" hisoblanadi. Farg‘onaliklar hisobida 51 ochko mavjud. Klub eng yaqin ta’qibchisi "Paxtakor"dan ikki ochkoga ilgari­lab ketgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q