“Surxon” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi
Stanislav Kudryashov "Surxon"ni tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Klub tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Stanislav Petrovich Kudryashov mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalari tufayli jamoa boshqaruvidan ozod etildi va rasm an jamoani tark etdi. uning o‘rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini avval U-21 jamoasi bilan ishlagan Anvar G‘ofurov bajarib turadi.
Klub nomidan Stanislav Kudryashovga keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz” - deyiladi surxonliklar bergan xabarda.
Fikrlar