Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Surxon" - "Paxtakor" prevyu

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bugun ham O‘zbekiston Kubogi bahslari davom ettiriladi.

18 may kuni O‘zbekiston Kubogi 2-turida "Paxtakor" "Surxon"ga qarshi o‘ynaydi. Bahs Termizdagi stadion maysasi talab darajada emasligi sababli Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

"Surxon" bilan "Paxtakor" 2003 va 2019 yil kubok bahslarida to‘qnash kelgan. 2003 yil Termizda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Sherlar" Toshkentda ushbu raqibni 7:1 hisobida tor-mor etishgandi. 2019 yil chorak finalda ham "Paxtakor" 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsumlarda "Paxtakor" kubokka ega chiqqan.

"Surxon" va "Paxtakor" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi 2-tur o‘yini "Paxtakor" stadionida 18 may, dushanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q