Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Svitolina jarohat oldi

Shahzod
Izohlar: 0

Ukrainalik tennischi Elina Svitolina sog‘lig‘idagi muammolar bois noma’lum muddatga safdan chiqqanligini ma’lum qildi.

"So‘nggi besh hafta davomida tizzamda muntazam og‘riq sezdim. O‘tkazgan o‘yinlarimdan so‘ng ahvol yanada yomonlashdi va tahlil natijalari ham buni tasdiqladi. Jamoamdagilar mening ahvolimni yaxshilash uchun ko‘plab ishlarni qilishdi. 

Ammo hozirda shifokorlar dam olib, davolanishim kerak ekanligini aytishdi. Imkon qadar tezroq sog‘ayish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman", - deb o‘zining "Instagram" sahifasi orqali yozib qoldirdi ukrainalik raketka ustasi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q