Taniqli murabbiy mashhur klubdan ketdi

  • 11.02.2026 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida oʻz uslubiga ega boʻlgan italyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi oʻzi ishlab kelayotgan  Fransiyaning “Marsel” klubi hamkorlikni muddatidan oldin toʻxtatishga qaror qildi.

Insayder Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, tomonlar soʻnggi 48 soat davomida oʻtkazilgan bir qator muhokamalar va ichki maslahatlashuvlardan soʻng oʻzaro hamkorlikni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga kelgan.

Taʼkidlanishicha, murabbiy, klub rahbariyati va futbolchilar oʻrtasida hech qanday mojaro yoki kelishmovchiliklar boʻlmagan.

Manbaga koʻra, hamkolikni toʻxtatish tashabbusi aynan Roberto de Dzerbining oʻzidan chiqqan. U bu qarorni klubning keyingi rivojlanishi uchun eng maqbul qadam deb hisoblagan. “Marsel” rahbariyati mutaxassisning dalillariga qoʻshilib, mavsumning hozirgi bosqichida hamkorlikni toʻxtatish qarorini qoʻllab-quvvatlagan.

Roberto de Zerbi qoʻl ostida marselliklar ichki chempionatda “Par SenJermen” va “Lans”ga yetarlicha raqobat koʻrsata olmay qoldi. Bundan tashqari jamoa Yevropa Chempionlar ligasini kutilganidan ancha oldin tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!