Tanla, yo “Real”, yoki Manchester!

  • 14.06.2026 21:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasini tark etgan “Vest Xem Yunayted” yarim himoyachisi Mateush Fernandes kelasi mavsum oldidan jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Bu futbolchiga ikki grand – “Real” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotiga ko‘ra, har ikki klub 21 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

“Vest Xem” yangi mavsumda Chempionshipda qatnashishiga qaramay, futbolchini sotib, bu savdodan imkon qadar katta mablag‘ ishlab olishiga umid qilayapti. Klub asosiy o‘yinchilar bilan xayrlashishga tayyor va Chempionshipga tushib ketish oqibatidagi moliyaviy yo‘qotishlarni qoplash uchun Fernandes narxini kamida 90 million yevro, deb belgilagan.

Fernandes 2025 yil avgust oyida “Sautgempton”dan 44 million yevro evaziga “Vest Xem”ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!