Tarixdagi eng dahshatli bokschi kim? Mayk Tayson javob berdi
Ahmadbek Eshmatov
Boks afsonasi Mayk Tayson taniqli charm qo‘lqop ustasi haqida gapirdi.
Boks afsonasi Mayk Tayson taniqli charm qo‘lqop ustasi haqida gapirdi.

"Sonni Liston - tarixdagi eng dahshatli bokschi edi. U hatto to‘rt nafar politsiyachini jag‘ini sindirib, qurollarini olib, boshiga tayoq bilan urgandi... Sonni haqiqiy yirtqich edi”, — deya Taysonning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Ma’lumot uchun, Liston 1953 yildan 1970 yilgacha professional bokschi sifatida jang qilgan. Uning rekordida 50 ta g‘alaba (39 tasi nokaut) va 4 ta mag‘lubiyat mavjud. Sonni 1962 yildan 1964 yilgacha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan.
Izohlar (0)