Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Сити" tarkibini qancha turadi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Eng qimmat jamoalar reytingi chiqdi

Angliyaning eng qimmat tarkibga ega klublari aniqlandi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga koʻra, hozirgi kunda eng katta mablagʻ evaziga shakllantirilgan jamoalar roʻyxatida "Liverpul" va "Manchester Siti" peshqadamlik qilmoqda. 

Portal hisob-kitoblariga koʻra, "Liverpul" va "Manchester Siti" tarkiblarini tuzish uchun jamoalar tomonidan sarflangan umumiy mablagʻ 1,14 milliard yevro atrofida baholangan. Bu raqamga futbolchilar uchun toʻlangan barcha transfer toʻlovlari va shartnomada koʻzda tutilgan qoʻshimcha majburiyatlar ham kiritilgan. 

Eng qimmat oʻnta klub roʻyxatiga "Manchester Siti" va "Liverpul"dan tashqari quyidagi jamoalar kiradi: – "Chelsi" (Angliya) — 1,05 milliard yevro – "Tottenxem" (Angliya) — 1,03 milliard yevro – "Manchester Yunayted" (Angliya) — 1,03 milliard yevro – "Arsenal" (Angliya) — 1,00 milliard yevro – "Real" (Ispaniya) — 909,50 million yevro – "PSJ" (Fransiya) — 841,02 million yevro – "Nyukasl" (Angliya) — 789,75 million yevro – "Aston Villa" (Angliya) — 566,00 million yevro.

 Shu tariqa, reytingning birinchi oʻntaligidan yettita klubni aynan Angliya jamoalari egallagani koʻrinib turibdi. Bu esa Premyer-liga klublarining transfer bozoridagi moliyaviy ustunligini yana bir bor tasdiqlaydi. 

Transfermarkt portali ekspertlari ta’kidlashicha, hisob-kitoblarda faqat klublar tarkibida hozirda rasmiy qayd etilgan futbolchilar uchun toʻlangan mablagʻlar inobatga olingan. Boshqa jamoalarga ijaraga berilgan oʻyinchilar esa jamoa tarkibining umumiy qiymatiga qoʻshilmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q