Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Temirov Gonkongdagi dastlabki sovrinini yutdi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Hamyurtimiz o‘zini ko‘rsatyapti.

Gonkong chempionatida to‘p surayotgan yagona hamyurtimiz Sherzod Temirov u erdagi dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Kitchi” jamoasida to‘p surayotganiga hal ko‘p vaqt bo‘lmagan futbolchimiz Gonkong Kubogi finalida “Li Man”ga qarshi bahsda jamoasi bilan birgalikda zafar quchdi.

Yarim finalda “Kitchi” 5 ta gol urgan va uning 2 tasi Temirov hisobiga yozilgan bo‘lib, jamoasining finalga chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Hal qiluvchi bahsda u zaxiradan maydonga tushirildi va penaltilar seriyasida “Kitchi” g‘alaba qozondi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q