Ter Shteganning transferi barbod bo‘ldi
Shu yigitning ishlari orqa ketib qoldi
Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Marka-Andre ter Shtegenning Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar kutilmaganda to‘xtab qoldi.
Jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, kelishuv hozircha to‘liq barbod bo‘lish arafasida turibdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, muammo faqat soliq masalalariga bog‘liq emas. So‘nggi soatlarda darvozabon maoshini qay tarzda taqsimlash bo‘yicha jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Tomonlar bu borada murosaga borishga shoshilmayapti, bu esa bitimni yakunlash jarayonini yanada qiyinlashtirmoqda.
Hozircha ter Shtegen «Barselona» tarkibida qolmoqda va jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etyapti. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, u shu yozda kataloniyaliklarni tark etishi deyarli aniq deb baholanmoqda.
Ter Shtegen 2014 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini «Jirona» klubida ijara asosida o‘tkazgan, biroq jarohati sabab faqat ikki o‘yinda maydonga tusha olgan, xolos.

Izohlar (0)