Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ter Shtegen hamkasbi Noyerdan uzr so'radi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bunga o‘ziga yarasha sabab bor

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tan olishicha, u haligacha Manuel Noyerni ikkinchi farzandi dunyoga kelgani bilan tabriklashga ulgurmadi.

«Manuel yaqinda ikkinchi marta ota bo‘ldi, men esa hali uni tabriklamadim. Buni albatta qilishim kerak. Hali vaqt topa olmadim. Uzr!» – deya ter Shtegenning so‘zlarini Bild nashri keltiradi.

Darvozabonning aytishicha, ularning oxirgi suhbatı yil boshida bo‘lgan.

«Qisqa ta’til paytida ko‘rishgan edik. Lekin bu jahon chempionatigacha bo‘lgan vaqt edi, shuning uchun oradan ancha vaqt o‘tib ketdi», – deydi u.

Ter Shtegen shuningdek, hanuz «Bavariya» safida to‘p surayotgan Manuel Noyer haqida iliq fikr bildirdi.

«Albatta, uning sog‘lom ekani va hali ham maydonga tusha olayotgani juda yaxshi. Manuel – nemis futboli afsonasi», – deya ta’kidladi u.

Germaniya terma jamoasi safida 44 o‘yin o‘tkazgan ter Shtegen Yurgen Klopp qo‘l ostida jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Niderlandiyaga qarshi bahsda uning 2025 yildan keyin milliy jamoa safidagi ilk o‘yini kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q