Terma jamoa murabbiyi ishdan ketdi
Hamkorlik uzaytirilmaydi
Kot-d’Ivuar futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Emers Faэ bilan hamkorlik yakunlanganini ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, 42 yoshli mutaxassis amaldagi shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Faэ bilan tuzilgan kelishuv 2026 yil 31 iyulga qadar mo‘ljallangan edi. Federatsiya murabbiyga kasbiy mahorati, terma jamoa rivojiga qo‘shgan hissasi va erishilgan natijalar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Emers Faэ rahbarligi ostida «fillar» jami 36 o‘yin o‘tkazdi. Shularning 25 tasida g‘alaba qozónildi, 4 marta durang qayd etildi, 7 bellashuv esa mag‘lubiyat bilan yakunlandi.
Murabbiyning eng katta yutug‘i sifatida 2023 yilda o‘tkazilgan Afrika millatlar kubogiga erishilgan g‘alaba qayd etilmoqda. O‘shanda Kot-d’Ivuar o‘z maydonida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, Faэ ivuarijlar terma jamoasini 2026 yildgi jahon chempionatiga ham olib chiqdi.

Izohlar (0)