Terma jamoa o‘yinchisining o‘ligi topildi

  • 10 oktabr, 2024, 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gretsiya terma jamoasi va “Panatinaikos” klubining 31 yoshli futbolchisi Jorj  Beldokning jasadi topildi.

Tecno

Gretsiyaning Sport24 nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Afina shahridagi uyi basseynida o‘lik holda topilgan. Uning tanasida hech qanday zo‘ravonlik izlari yoki jarohatlar aniqlanmagan.

1993 yili Angliyaning Bukengem shahrida tug‘ilgan Jorj Beldok faoliyatining katta qismini “Tumanli Albion”da o‘tkazgan. O‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan futbolchi “Sheffild Yunayted”, “Oksford”, “Tamuort”, “Nortgempton”, “Milton-Kins Dons” va Islandinyaning “Vestmannaeyyar” jamoalarida to‘p tepgan.

Beldok 2023 yilning mayida “Panatinaikos” bilan shartnoma imzolagan edi.

Futbolchining bobosi gretsiyalik bo‘lgani uchun Beldok 2022 yilning 2 iyunidan ushbu mamlakat terma jamoasiga jalb qilinib, hozirgacha 12 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!