Terma jamoada 11 nafar futbolchidan voz kechishdi
Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Talg‘at Baysufinov Armaniston va Vengriyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi.
Dastlab kengaytirilgan ro‘yxatda 36 nafar futbolchi bor edi. Yakuniy ro‘yxatdan 25 nafar futbolchi o‘rin oldi.
Yakuniy tarkibga quyidagi futbolchilar kiritilmadi: Muhammadjon Seysen («Astana»), Adilbek Jumaxanov («Yelimai»), Sultanbek Astanov («Ordabasi»), Bag‘dot Kairov («Aktobe»), Aybol Abiken («Qaysar»), Batirxon Tojibay («Qaysar»), Stanislav Basmanov («Astana»), Bauirjan Islomxon («Astana»), Almas Tulyubay («Yelimai»), Adilet Sadibekov («Qayrat») va Ivan Sviridov («Yelimai»).
Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Qozog‘iston terma jamoasi Yerevanda Armanistonga qarshi maydonga tushadi, shundan so‘ng 9 iyun kuni Vengriyaga qarshi o‘yin uchun Debretsen shahriga yo‘l oladi.
Baysufinov shogirdlarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 29 maydan 4 iyungacha Shimkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar