Terma jamoada kasallik ko‘payib ketdi
Zudlik bilan yangi kuchlar chaqirildi
Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, terma jamoada bir qator o'yinchilar kasallanib qolgani uchun bosh murabbiy zahiradan qo'shimcha futbolchilarni chaqirishga majbur bo'ldi.
Shvetsiya Liga millatlarning V ligasida ketma-ket ikki safar o'yinini o'tkazadi: 2 oktabr kuni jamoa Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushadi, 5 oktabrda esa Ruminiya mehmoni bo'ladi.
Saraevoda bo'lib o'tadigan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi uchrashuvda Benyamin Nyugren, Yasin Ayari, Gustav Lagerbilke, Elliot Strud va Patrik Volemark jamoaga yordam bera olmadi. Elliot Strud va Patrik Volemark Ruminiyaga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishadi.
Ularning o'rniga bosh murabbiy Grem Potter terma jamoaga Ken Sema, Xugo Bolin, Feliks Beymo va Semyu'el Dalni chaqirdi. Bir kun avval jamoaga Erik Smit ham qo'shilgan edi.
Shvetsiya terma jamoasi Liga millatlaridagi startni muvaffaqiyatli boshladi: ikki o'yinda qo'lga kiritilgan 6 ochko jamoaga 4-guruhda birinchi o'rinni egalash imkonini bermoqda.

Izohlar (0)