Terma jamoada o‘ynagan futbolchining o‘ligi chiqdi
Xunuk xabar tarqaldi
Gabon futbol federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda Irundu Musavu-King vafot etgani haqida ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq futbolchi Librevilidagi o‘z uyida jonsiz holda topilgan.
Irundu Musavu-King 34 yoshida olamdan o‘tdi. Hozircha uning o‘limi sabablari ochiqlanmagan.
Himoyachi Fransiyaning "Kan" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Fransiya chempionatida "Kan"dan tashqari "Loryan", "Tuluza", "Bulon'", "Le-Man", Ispaniyaning "Granada", Italiyanning "Udineze", Shveytsariyaning "Sankt-Gallen" va Hindistonning "Bengaluru" klublarida o‘ynagan.
Irundu Musavu-King Gabon terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Izohlar (0)