Terma jamoadan ket, 7 million yevro olasan!

  • 02.07.2026 20:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Germaniya Futbol federatsiyasi (DFB) rahbarlari bilan uch soat davom etgan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bu haqida Bild nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisiga ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqish taklif qilingan. Federatsiya Nagelsmanga 7 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda. Shu bilan birga, murabbiyning bundestimni tark etishi ehtimoli juda yuqori ekani ta’kidlanadi.

38 yoshli murabbiy 2023 yildan buyon Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning DFB bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. 

Germaniya milliy jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatini 1/16 final bosqichida tark etgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!