Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Tezkor! Bahodir Jalolovning raqibi ham ma’lum bo‘ldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jang fevralda bo‘lib o‘tadi

Professional boksda super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik sportchi Bahodir Jalolovning raqibi aniq bo‘ldi.
Hamyurtimizning jangi 17-fevral kuni Saudiya Arabistonida Oleksandr Usik va Tayson Fyuri jangi oqshomi doirasida o‘tkaziladi. Unga Dilan Prashovich raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, chernogoriyalik bokschi professional faoliyatida 17 ta jang o‘tkazib, 14 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Jalolovning rekordi esa 14-0. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q