Tezkor! "Navbahor" rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi
“Navbahor” PFK rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.
"Bugun “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadionida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni Namangan shahar, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev olib bordi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Navbahor” PFK prezidenti Rasul Nizambaev sog‘ligidagi muammolar sababli, o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Baxtiyor Nurmatov yana “Navbahor” klubi direktori lavozimiga qaytdi. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Akmal Soxibov esa direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydigan bo‘ldi", - deya xabar berdi "lochinlar" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar