Timur Kapadze BAAda bo‘lib turibdi

  • 22.04.2025 14:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.

Jamoamiz Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvi oldidan BAAda yig‘in tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy O‘FA mutasaddilari bilan birgalikda mashg‘ulot maydonlari, mehmonxonalar va “Al-Nahyan” stadionidagi mavjud sharoitlarni o‘rganib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, BAA — O‘zbekiston o‘yini 5 iyun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!