To‘rt oy! Dastan Satpaev salbiy statistika qayd etmoqda

  • 17.10.2026 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpaev «Börnli» tarkibida rasmiy o‘yinlarda to‘rt oydan beri gol ura olmayapti, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Uning so‘nggi rasmiy gollari 17 iyun kuni qayd etilgan edi. O‘shanda Satpaev «Qayrat» tarkibida «Qiziljar» darvozasiga ikki bor aniq zarba yo‘llab, jamoasiga Qozog‘iston Premier-ligasida 3:0 hisobidagi g‘alabani ta’minlagan.

28 iyul kuni Dastan «Chelsi» uchun ham gol urgan, ammo bu o‘yin faqat o‘rtoqlik uchrashuvi edi — «Vestern Sidney Vonderers»ga qarshi bellashuv 6:4 hisobida yakunlangan.

«Börnli»ga o‘tganidan so‘ng 18 yoshli forvard yangi klubi safida olti o‘yinda maydonga tushdi. Shu vaqt ichida u na gol urishga, na golli pas berishga muvaffaq bo‘ldi.

Satpaev va «Bernli»ning navbatdagi o‘yini 24 oktyabr kuni «Linkoln»ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!