Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Tom Aspinal revanshga qarshi emas

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Tom Aspinal rossiyalik jangchi bilan revanshga rozi.

Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal (15-3) bir kun kelib Aleksandr Volkov (38-10) bilan yana kurashishini istisno qilmadi.

"Kelajakda revansh o‘tkazilsa, hayron bo‘lmayman. Bilaman, avval ham jang qilganimda u yaxshi formada edi, lekin hozir undan-da yaxshilanganini ko‘rib turibman. Aleksandr oktagonda o‘z ritmini topsa, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Biroq men revanshga qarshi emasman", - dedi Aspinal "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning mart oyida Aspinal birinchi raunddayoq Volkovni sabmishshin evaziga mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q