"Tornadochilar"dan ajoyib natija
Joriy yilning 27-28 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida taekvondo bo‘yicha xalqaro "Qahramonlar" chempionati bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 20 dan ziyod mamlakat sportchilari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada Ahror Asrorov boshqaruvidagi “Tornado” taekvondo klubi vakillari ishtirok etishdi. Quvonarlisi, mazkur klubning 6 a’zosi shohsupadan joy oldi.
Bolalar o‘rtasidagi bahslarda Azizjon Rahimov (-22 kg) uchinchi o‘rin, Adizbek Rustamov (-29 kg) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, -29 kg vazndagi yana bir sportchimiz Shomurod Shomuhsinov birinchi o‘rinni egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Shamsiddin Murodillaev (-51 kg) uchinchi, Islomjon Abduvaliev (-65 kg) ikkinchi pog‘onani egalladi.
Kattalar o‘rtasida esa Nafosat Rahimjonova (-67 kg) musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari u erda yosh sportchilarimiz xorijlik tengqurlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi va tajriba almashishdi.

Izohlar (0)