Asosiy mazmunga oʻtish

Xokkey

“Toronto” yana mag‘lub bo‘ldi

Izohlar: 0

Milliy xokkey ligasi tomonidan tashkil etilayotgan doimiy chempionatda navbatdagi tur bahslari o‘tkazildi.

«Prudential Center» muz saroyida “Yangi-Jersi” jamoasi “Vashington”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Aylenders” va “Boston” uchrashuvi 2:5 hisobida yakunlandi. “Kolambus” va “Dallas” uchrashuvi 2:1 hisobi qayd etildi.

Chempionatda “Filadelfiya” va “Toronto” klublari o‘rtasidagi bahs 3:2, “Ottava” hamda “Sent-Luis” jamoalari uchrashuvi 1:4 hisobida o‘z nihoyasiga etdi. “Reynjers” esa “Baffalo” ustidan 4:3 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, “Neshvill” – “Arizona”ni 3:2, “Kolorado” – “San-Xose”ni 5:3 hisobida enggan bo‘lsa,  “Tampa-Bey” – “Vegas”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Los-Anjeles va “Pittsburg” jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

 Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q