Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

To‘rt nafar bokschimiz final bahsida ringga ko‘tariladi.

Zohir2018
Izohlar: 0

Bokschilarimiz muvaffaqiyatli odimlashmoqda

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tayotgan boks bo‘yicha ochiq turnirda to‘rt nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Samandar Zafarov belaruslik Danil Morozovni yirik hisobda engib, finalda rossiyalik Dmitriy Zaxarievni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Samandardan tashqari finalga, Mirzabek Mirxalilov, Xusanjon Karimov va Komiljon Yusupov kabi bokschilarimiz yo‘l olgan haqida xabar bergan edik.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q