Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Tottenxem"da menga tazyiq o‘tkazishgan

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu sirni uzoq saqlabdi

«Tottenxem» sobiq himoyachisi Jeyson Kundi 1990-yillarda klub sharafini himoya qilgan davrida boshidan kechirgan og‘ir tajribasi haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u klub shifokorlari tomonidan bosimga uchragan va majburan jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lishga majbur etilgan.

Kundining ta’kidlashicha, bu holat unga nisbatan uzoq vaqt davom etgan tizimli tazyiq – bulling ko‘rinishi bo‘lgan.

- «Tottenxem»  tibbiy shtabi ishini engil qilib aytganda ham juda sharmandali deb baholayman. Ular o‘zini juda yomon tutgan. Men yillab chidamay kelgan og‘riqlarimning bir qismi aynan ularning layoqatsizligi oqibati edi. Bu haqiqiy fojia, haqiqiy uyat edi, – deya Kundining so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Jeyson Kundi professional futbolchi sifatidagi faoliyatini 2000 yilda yakunlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q